Rossiyada qurilish havozalari qulashi oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi

Jamiyat

image

2019 yilning 27 may kuni Rossiyaning Leningrad oblasti Priozero tumanidagi qurilish ob’ektida havozalar qulab ketishi natijasida 7 kishi, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumot bergan.

G‘anisher Toshmamatovich Hasanov (1987 yilda tug‘ilgan) va Sami Hamidovich Qosimov (1970 yilda tug‘ilgan) Leningrad oblasti klinik kasalxonasiga maxsus vertolyotda yetkazilgan. Fazliddin Mirzaraimovich Shomamatov (1992 yilda tug‘ilgan) ham shu kasalxonaga joylashtirilgan.

Mansur Abdurahmonov (1983 yilda tug‘ilgan) Vsevoljsk tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgan.

Bosh konsulxona Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing