Rossiyada qo‘lga olingan ona va qiz O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
12:14 2618 1 daqiqa
Kecha 17 fevral kuni Rossiyaning Novosibirsk shahrida migratsiya qonunchiligini buzgan ayol va uning qizi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yosh ona Rossiyaning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Novosibirsk huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan va xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Uning qizi bu vaqtda Novosibirskdagi oila va bolalarga yordam ko‘rsatish markazida bo‘lgan.
Bosh konsulxona diplomatlarining harakatlari natijasida qizaloq uchun barcha zarur hujjatlar olingan. Kecha, 17 fevral kuni konsulxona xodimlari tomonidan qizaloq Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelingan va u yerda onasi bilan uchrashgan. Shu kunning o‘zida ona va bola “Novosibirsk–Farg‘ona” reysi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi