Rossiyada qiyin ahvolda qolib ketgan o‘zbekistonliklar olib kelindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17-18 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg hamda Moskva shaharlarida qiyin vaziyatga tushib qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bergan.

Qayd etilishicha, joriy yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelinayotgan o‘zbekistonliklar asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

Xabarda aytilishicha, qiyin ahvolga tushib qolib, ma’lum kasallikka chalingan o‘zbekistonliklarga “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan samolyot bortida maxsus shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Avvalroq, joriy yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida xorijga ishlashga ketgan mehnat migrantlarining 467 ming nafardan ortig‘i O‘zbekistonga qaytib kelgani haqida ma’lumot berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing