Rossiyada qamalgan amerikalik basketbolchi o‘z aybiga iqror bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 7 iyul kuni giyohvand moddalar kontarbandasida ayblanib Rossiyada hibsga olingan amerikalik basketbolchi Brittni Grayner ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ximki sudida amerikalik basketbolchi giyohvand moddalar kontrabandasi bo‘yicha qo‘yilgan ayblovni to‘liq tan olgan. Graynerning chamadonida tarkibida hash moyi bo‘lgan vape suyuqligi borligi aniqlangan.

Brittni Grayner chegaradan giyohvand moddalarni olib o‘tish niyati yo‘qligini iddao qilgan. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, shoshilinchda amalga oshirgan xaridlari tufayli u o‘zi bilan tarkibida giyohvand modda bo‘lgan suyuqlik olganini sezmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Brittni Grayner yordam so‘rab, Prezident Jo Baydenga maktub yozgandi. Shundan so‘ng, Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Prezidentga basketbolchi tomonidan yozilgan maktubni o‘qib berganini ma’lum qildi. Qolaversa, AQSH Prezidenti sportchining turmush o‘rtog‘i bilan bilan suhbatlashib, Brittnini uyiga qaytarish uchun bor imkoniyatidan foydalanayotganini aytdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing