Moskvada qamalgan amerikalik sportchi Baydenga maktub yozdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Moskvada giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib hibsga olingan amerikalik basketbolchi Brittni Grayner 4 iyul, AQSH Mustaqillik kunida Prezident Jo Baydenga maktub yo‘llab, o‘zining ozodlikka chiqishi uchun yordam so‘radi. Bu haqda “Yahoo! Sports” nashri xabar berdi.

“Rossiya qamoqxonasida yolg‘iz o‘zim o‘tirar ekanman oilam, do‘stlarim, Olimpida medali va hech qanday yutuqlarim himoyasisiz bu yerda abadiy qolishimdan qo‘rqaman. Tushunmanki, sizda ko‘p tashvishlar bor, lekin iltimos, men va boshqa amerikalik mahbuslar haqida unutmang. Iltimos, bizni uyga qaytarish uchun qo‘lingizdan kelganini qiling.

Men 2020 yilda siz uchun ovoz berdim. Men sizga ishonaman. Ozodlikda qilishim kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlarim bor. Umid qilamanki, ularni yakunlashimga yordam berasiz. Men umr yo‘ldoshimni sog‘indim! Oilamni sog‘indim! Jamoadoshlarimni sog‘indim! Ularning hozir qanday azob chekayotganini ko‘rib, yuragim og‘riyapti. Meni uyga qaytarish uchun qila oladigan barcha ishlaringiz uchun minnatdor bo‘laman”, degan Brittni Grayner.

Qayd etish joizki, joriy yilining 1 iyul kuni Grayner ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sud zalida AQSH elchixonasi xodimlari ham bo‘lgan. Prokuror ayblov xulosasini o‘qib eshittirgan va ikki guvoh so‘roq qilingan. Shundan so‘ng, sud majlisi 7 iyulga qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Basketbolchi joriy yilning 17 fevral kuni “Sheremetevo” aeroportida qo‘lga olingan. U giyohvand moddalar kontrabandasida (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi 2-qismi) va ularni noqonuniy tashishda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi) ayblanmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Brittni basketbol bo‘yicha AQSH ayollar terma jamoasi bilan birgalikda ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U 2015 yildan beri Rossiyaning UGMK basketbol klubida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, Grayner WNBA'ning eng kuchli 25 basketbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

539

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing