Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. 

Murojaatlardan ma’lum bo‘lishicha, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki ta’qiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida ular politsiya xodimlari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilayotgani aytilyapti. 

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqdi. 

"Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz", deyiladi murojaat matnida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 76 nafar markaziy osiyolik migrant qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing