Rossiyada ishlashga qiziquvchilar sezilarli kamaygan
Olam
−
21 may 2019
4379Migrantlarning Rossiya mehnat bozoriga intilish darajasi borgan sari kamayib boryapti. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Integratsion barometr” hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlar shundan darak beryapti.
2015 yilda Tojikiston aholisining 53 foizi Rossiyada vaqtincha ishlashga tayyor bo‘lgan. 2017 yilda bu ko‘rchatkich 37 foizga tushib qolgan. Moldavada bu ko‘rchatkich 27 foizdan 17 foizga, Qirg‘izistonda 38 foizdan 30 foizga tushib qolgan.
Parallel tarzda mamlakatida xorijlik ishchilarni ko‘rishni istamaydigan rossiyaliklar soni ko‘paygan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya aholisining 53 foizi chet ellik migrantlar ketishini istaydi. Bu ko‘rchatkich 2012 yilda 46 foizga teng bo‘lgan.
LiveBarchasi