Rossiyada eng ko‘p maosh oladigan migrantlar ro‘yxati e’lon qilindi
Olam
−
14:42
11219Rossiyada chet ellik ishchilar uchun eng yuqori maoshlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mehnat vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil uchun eng yuqori maoshli ishlar:
Rossiya-Germaniya tashqi savdo palatasi boshqaruvi raisi. Uning ish haqi oyiga 380 ming rubl (2016 yildan buyon bu lavozimni Matias Shepp egallab kelmoqda)
Kudinov nomidagi “Udmurtneft” kompaniyasining uchta menejeri – ish haqi 275 ming rubl
“Barnaul” basketbol klubining sport-instruktori – 250 ming rubl
“Yaxonti” qishloq mehmonxonalar tarmog‘idagi usta pishloq ishlab chiqaruvchi va blancher – 230 ming rubl
Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida qancha migrant faoliyat yuritayotgani ham ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, eng ko‘p kvotalar Amur viloyati (27,1 ming), Moskva viloyati (23 ming), Leningrad viloyati (taxminan 22,3 ming) va Tataristonga (9,3 ming) ajratilgan.
Qayd etilishicha, Mehnat vazirligi chet elliklarni yollash uchun kvotani 50 foizga oshirishni ham taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Volgograd viloyatida migrantlarga ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda ishlash taqiqlangandi. Yangi tartibga ko‘ra, migrantlar avtobus va taksi boshqarish, savdo-sotiq, ovchilik, avtomobil ta’miri va kurerlik sohalarida ham ishlolmaydi.
LiveBarchasi