Rossiyada endi poyezd ko‘prik bilan birga qulab tushdi

Olam

image

Rossiyaning Kursk viloyatida temiryo‘l ko‘prigi poyezd bilan birgalikda qulab tushdi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Nashrning jurnalist Aleksandr Xinshteynga tayanib xabar berishicha, Trostna-Kalinovka yo‘lining 48-kilometrida ko‘prik ustidan poyezd o‘tib ketayotgan vaqtida u qulab tushgan. Hodisa oqibatida 1 kishi jarohatlangan.

Jurnalistning o‘z Telegram-kanalida yozishicha, poyezdning bir qismi ko‘prik ostidagi avtomobil yo‘liga ag‘darilgan. Poyezd lokomotivida yong‘in boshlangan, lekin Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari uni tezda o‘chirgan. Qolgan vagonlar temiryo‘l platformasida qolgan.

Kursk viloyati rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, lokomotiv haydovchilaridan birining oyoqlari shikastlangan. Butun guruh shifoxonaga yetkazilgan. Ko‘prik ostidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li hozirda yopilgan. Ko‘prikning qulash sabablarini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Rossiya temiryo‘llari jamiyatining xabar berishicha, ushbu hodisa uzoq masofali poyezdlarning harakatiga ta’sir qilmagan. Shahar atrofi poyezdlari cheklov bilan harakat qilmoqda va avtobuslar orqali tashuvlar tashkil etilgan.

Rossiyada faoliyat yurituvchi Telegram-kanallarning yozishicha, ushbu voqeaga ko‘prik portlashi sabab bo‘lgan. Jinoyatchilar ko‘prik ustunlariga ikkita portlovchi moslama o‘rnatgan.
Ushbu qurilmalardan biri ustunga, ikkinchisi esa temiryo‘l yo‘lining boshlanishidan 30 metr masofada, yo‘l ostiga joylashtirilgan.

Oqibatda ko‘prikning bir qismi avtomobil yo‘liga qulagan, lekin baxtga qarshi o‘sha paytda yo‘lda avtomobillar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Bryansk viloyatida avtomobil ko‘prigi temiryo‘l ustiga qulashi oqibatida Moskva tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgandi. Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz voqea oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani va 66 kishi jarohatlangani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan. Qizig‘i shundaki, ushbu hodisani ham ko‘pchilik ko‘prik portlatilishi ortiqdan yuz bergan, deb o‘ylamoqda. Mas’ul tashkilotlar esa ushbu xabarlarga hozircha izoh bermagan. 


Maqola muallifi

Teglar

ko'prik Kursk Aleksandr Xinshteyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing