Rossiyada endi xizmatga yaroqsizlar ham armiyaga olinadi 

Olam

image

Prezident Putin Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida safarbarlik, harbiy holat yoki urush davrida xizmat qilish uchun shartnoma tuzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning huquqiy kafolatlari va asoslarini belgilovchi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat rasmiy portalda e’lon qilindi.

Yangi qonunga ko‘ra, mahkumlar Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun shartnoma imzolangandan keyin muddatidan oldin ozod qilinishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, qonunda xizmatga yaroqliligi cheklangan shaxslar ham Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari bilan shartnomalar tuzishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mazkur qonun bilan urush davrida shartnoma asosida xizmat qilishning yosh chegarasi 70 yoshga ko‘tarilgan. Bunda general-polkovnik, admiral, shu jumladan, katta ofitser unvoni berilgan shaxslar uchun safarbarlik, harbiy holat yoki urush davrida xizmat qilish yoshi 70 yoshni, boshqa harbiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar uchun 65 yoshni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing