Rossiyada dollar kursi 16 oy ichida birinchi marta 100 rubldan oshdi

Olam

image

Moskva birjasidagi savdolarda dollar kursi 2022 yil 23 martdan beri ilk marta 101 rubldan oshdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 9:08da dollar kursi 0,68 foizga oshib, 100,11 rublga ko‘tarilgan.

Poytaxt vaqti bilan soat 11:11 holatiga ko‘ra, dollar kursi 1,59 foizga o‘sib, 101,01 rublni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, yevro 1,8 foizga oshib, 110,73 rublga, yuan 1,31 foizga oshib, 13,875 rublga yetgan.

"Markaziy bank yaqin kelajakda vaziyatni normallashtirish va kredit stavkalarini barqaror darajaga tushirishni ta’minlash uchun barcha zarur vositalarga ega", deydi Iqtisodiy rivojlanish vazirligining sobiq rahbari Maksim Oreshkin.

Shuningdek, u Rossiya valyutasining zaiflashishi iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishni murakkablashtirishi va fuqarolarning real daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 avgust kuni O‘zbekiston tijorat banklarida dollar kursi 12 ming so‘mlik dovondan oshgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya rubl' dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing