Rossiyada bombardimonchi samolyot halokatga uchradi (video)
Olam
−
27 iyul
14208Rossiyaning Volgograd viloyatida Su-34 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni Mudofaa vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Qayd etilishicha, samolyot o‘q-dorilarsiz o‘quv parvozini amalga oshirgan. Samolyot bortida faqat ikki uchuvchi bo‘lgan. Ekipaj cho‘l hududiga qulab tushgan. Mudofaa vazirligi samolyot halokatining dastlabki sababini texnik nosozlik deb atagan.
“Uchuvchilar mashg‘ulotda vazifani yaxshi o‘rgandi. Ammo samolyot qulab tushdi. Bu uchuvchilarning hayotiga xavf tug‘dirmadi”, deyiladi xabarda.
Vazirlik ayni paytda voqea joyida Rossiya Aerokosmik kuchlari komissiyasi ishlayotganini ma’lum qilgan.
Joriy yilning iyun oyida ham Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Shimoliy Osetiya Respublikasida Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti halokatga uchragandi. O‘shanda ham samolyot halokatining dastlabki sababi texnik nosozlik deyilgandi. Samolyot bortidagi ikki nafar uchuvchi esa halok bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Magadan viloyatida Mi-8 vertolyoti halokatga uchragandi. Oqibatda bortdagi 20 odamning ikki nafari halok bo‘lgandi. Uning qulashiga dvigatelning nosozligi sabab bo‘lgan. Shuningdek, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida harbiy vertolyot halokatga uchrab, ekipaj halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.