Rossiyada bolasini qiynab o‘ldirgan o‘zbekistonlik ayolga sud hukmi o‘qildi
Olam
−
04 dekabr
3833Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘z farzandiga qarshi jinoyat sodir etgan ayolga sud hukmi chiqarildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol 2021 yilning iyun oyidan avgustigacha bir yarim yoshli qizini itoatsizligi uchun asossiz sabablar bilan kaltaklab, muntazam ravishda jismoniy va ma’naviy azoblab kelgan.
2021 yil avgust oyida voyaga etmagan bola vafot etgan. Onasi esa tibbiy muassasalarga bormay, qizini dafn qilishni mustaqil ravishda amalga oshirgan.
Ayol Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi “g” bandida (qiynoqqa solish, ya’ni aybdorga moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan muntazam ravishda kaltaklash yo‘li bilan jismoniy yoki ruhiy azob berish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Sud tergov tomonidan to‘plangan dalillarni inobatga olib, sudlanuvchini 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Komsomolsk-Amur shahrida ota-ona yosh qizini ochlikdan o‘ldirgandi. Aniqlanishicha, oila profilaktik ro‘yxatga olinmagan. Ota va ona ham mahalliy aholi. Ulardan biri ish bilan ta’minlangan. Ularga ayblov e’lon qilinib, hibsga olingan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr