Rossiyada bir sutkada koronavirus bemorlari 11,2 mingga ko‘paydi

Jamiyat

image

Rossiyada yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni bir sutkada 11 231 nafarga ko‘payib, 177 160 nafarga yetdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Hozirgacha 23 803 nafar bemor sog‘aygan, 1625 nafari vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sutkalik o‘sish 6,8 foizni tashkil qilgan. Yangi bemorlarning 5471 nafarida alomatlar bo‘lmagan.

Hozirda Rossiya koronavirus bemorlari bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda boryapti. Bu borada Rossiya AQSH (1 228 603), Ispaniya (220 325), Italiya (214 457) va Buyuk Britaniyadan (202 359) ortda qolyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made