Rossiyada bir kunda ikki vertolyot halokatga uchradi (video)
Olam
−
27 Oktabr
6087Rossiyaning Kerchen bo‘g‘ozida harbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda mamlakatning Harbiy-havo kuchlariga yaqin bo‘lgan “Fighterbomber” Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda avvaliga dengiz aviatsiyasiga tegishli Ka-27 halokatga uchragani, bunga texnikaning ishdan chiqqani sabab bo‘lgani qayd etildi. Ammo keyinroq xabar ikki marotaba tahrirlandi. Dastlab model Ka-52'ga o‘zgartirildi, ko‘p o‘tmay muallif vertolyot rusumi hozircha noma’lumligini ma’lum qildi. Ekipaj taqdiri to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Ka-27 - bu suvosti kemalari va yer usti nishonlarini aniqlash, kuzatish va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan kemaga asoslangan ko‘p maqsadli vertolyot. Ka-52 tanklar, zirhli va oddiy harbiy texnika, ishchi kuchi va havo nishonlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. U 30 mm avtomatik to‘p, boshqarilmaydigan samolyot raketalari bilan jihozlangan va turli xil boshqariladigan qurollarni olib yurishi mumkin.
Ka-52 – bu dunyodagi yagona vertolyotdir. ORYX hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya urush boshlanganidan beri kamida 61 ta bunday mashinani yo‘qotgan.
26 oktyabr kuni ham Mi-2 tez tibbiy yordam vertolyoti halokatga uchradi. U Kirov viloyatining Darovskiy tumanida halokatga uchradi. Samolyotda uchuvchi va uch shifokor bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt nafari ham halok bo‘lgan. Prokuratura voqea yuzasidan tekshiruv boshladi. Bu bir hafta ichida tez yordam vertolyotining ikkinchi halokatidir. 22 oktyabr kuni xuddi shu rusumdagi vertolyot Nijniy Novgorod viloyatining Bor tumanida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Besh kishi jabrlangan, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Amur viloyatida g‘oyib bo‘lgan Robinson vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi. Rossiya Tergov qo‘mitasining Sharqiy mintaqalararo transport tergov boshqarmasi vertolyotning yo‘qolishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.
LiveBarchasi