Rossiyada 5 o‘zbekistonlik o‘tirgan avtomobil YTHga uchradi (video)
Jamiyat
−
28 Sentabr 2019
6906Rossiyada 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘tirgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi kecha, 28 sentyabr kuni Penza oblasti M5 “Ural” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Natijada 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan. Ular turli xil jarohatlar bilan Nijniy Lomov tumanlararo shifoxonasiga yotqizilgan.
Shifoxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin jabrlanganlarning ahvoli barqarorlashgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov oblasti, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-967-772-66-00.