Rossiyada 3 o‘zbekistonlik koronavirus xavfi bilan shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Bugun, 3 fevral kuni Rossiyada 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi koronavirus yuqtirishda gumonlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Novosibirsk-Tyumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ushbu reysning barcha yo‘lovchilari, shu jumladan, o‘zbekistonlilkar ham shifoxonaga joylashtirilgan.

“Yekaterinburg shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi yurtdoshlarimiz joylashtirilgan tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi. Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining ahvoli qoniqarli va koronavirus simptomlari kuzatilmayapti. Ularning tahlillari Tyumen va Novosibirsk tibbiyot muassasalariga yuborilgan, u yerda puxta o‘rganilganidan so‘ng tibbiy xulosa beriladi”, deyilgan xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

317

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing