Rossiyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkakni tuproq bosib qolib, vafot etdi

3-sahifa

image

Rossiyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Leningrad viloyatining Lodeynopolskiy tumanida sodir bo‘lgan. Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tgan 29 yoshli o‘zbekistonlik Pirkinichi bog‘dorchilik hududidagi yer uchastkasida quduq qazayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda uni tuproq bosib qolgan. Keyinroq uning jasadi tuproq ostidan chiqarib olingan.

Hozirda Tergov qo‘mitasi xodimlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qurilish maydonida kranchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya tuproq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made