Rossiyada 15 yoshli o‘zbekistonlik qiz 2 yil davomida zo‘rlab kelingan

Olam

image

Boshqirdiston Respublikasi poytaxti Ufada 15 yoshli o‘zbekistonlik qiz ikki yil davomida zo‘rlangan. Jabrlanuvchi videomurojaat yo‘llab, oilasi uchun katta erkakning zo‘rlashiga chidab kelganini ma’lum qildi.

15 yoshli maktab o‘quvchisi uni 44 yoshli oila do‘sti ikki yil davomida zo‘rlab, qo‘rqitib kelganini bildirdi. Bu haqda u o‘z sevgilisiga aytgan. Yigit jabrlanuvchining onasi bilan gaplashib, uni shikoyat qilish uchun politsiyaga borishga ko‘ndirgan.

Hozir o‘smir ikki nafar singlisi bilan jamoatchilik uyida yashayapti. Ularning onasini muxojirlarni vaqtincha saqlash markaziga o‘tkazishgan.

“Mening onamni hujjatlar bilan muammosi bor. U meni onamni deportatsiya qilishlari va singillarimni maktabdan haydalishi bilan qo‘rqitdi. Men undan qo‘rqardim. Lekin oilam uchun chidashga majbur bo‘ldim”, degan jabrlanuvchi qiz.

Ayni vaqtda gumonlanuvchi qo‘lga olingan. U bilan tergov harakatlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya zo'rlash

Baholaganlar

1170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing