Rossiyada 14 kishi shaurmadan zaharlandi

Olam

image

Kecha, 7 sentyabr kuni tunda Rossiyaning Kursk viloyatida 14 nafar kishi shaurma iste’mol qilishi tufayli zaharlangan. Bu  haqda V1RU nashri xabar berdi. 

Aniqlanishicha, Kursk viloyatining aholisi o‘tkir ichak infeksiyasi belgilari tufayli kecha tunda ommaviy ravishda tez yordam chaqirgan. Hammasi bo‘lib 14 nafar kishi zaharlangan, ularning barchasi shaurma iste’mol qilgani aniqlangan. To‘rt nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Jabrlanganlardan biri, 23 yoshli qiz yuqumli toksik shokdan kasalxonada vafot etgan.

Avvalroq, Vladimirda 56 nafar, Moskvada esa 35 nafar rossiyalik shaurma tufayli zaharlangan edi. Shundan so‘ng, rasmiylar insonga zarar keltirmaydigan retsept haqida bosh qotira boshlashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq,Toshkent viloyatida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish bo‘yicha jinoyat ishi ochilganligini haqda xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya shaurma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing