Rossiyada 12 yoshli bolani o‘ldirishga uringanlikda ayblangan o‘zbekistonlik ushlandi (video)

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 12 yoshli bolani o‘ldirishga uringanlikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda Sankt-Peterburg shahri Tergov bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 24 iyun kuni shaharning Krasnoselskiy tumanidagi sport maydonchasida sodir bo‘lgan. Boshqarma xabariga ko‘ra, 25 yoshli o‘zbekistonlik 12 yoshli bolani bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Erkak hibsga olingan va unga nisbatan voyaga yetmagan bolani o‘ldirishga urinish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmagan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 24 iyun kuni Dobrovolsev ko‘chasidagi sport maydonchasida 12 yoshli bolaning tomog‘idan bir necha bor ushlab, uni bo‘g‘ishga harakat qilgan va jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Uchinchi shaxslarning aralashuvi tufayli u o‘zining jinoiy rejasini tugatmagan”, deyiladi xabarda.

Voqea guvohlarining politsiya xodimlariga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yin vaqtida futbol maydonida migrant va o‘smir o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. 

Xabarda aytilishicha, politsiya kelganini ko‘rgan gumonlanuvchi bo‘lgan voqeani inkor eta boshlagan va hamma narsada bolani ayblagan. O‘sha kuni kechqurun bola 38 yoshli onasi bilan birga tibbiy muassasaga borgan va yordam ko‘rsatilgach, uyiga jo‘natilgan. 

Shundan so‘ng ayol politsiyaga o‘g‘liga qilingan hujum haqida ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik migrant terakt haqida yolg‘on xabar berganlikda ayblanib, qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing