Rossiyada 12 tojikistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida bir necha Tojikiston fuqarosi jabrlandi. Bu haqda viloyat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi. 

Hodisa Kstovo shahrini aylanma yo‘lga olib boruvchi yo‘lning 3 kilometrida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Karkas Monolit” MCHJ ishchilarini olib ketayotgan PAZ avtobusi haydovchisi qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va Amur yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan.

Yana 12 nafar Tojikiston fuqarolari jarohatlangan, ulardan 9 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni  Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokidagi sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgandi. 

Oldinroq, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ham voqea sabab 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etganini tasdiqlagan.

Shundan so‘ng, Prezident topshirig‘iga binoan Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytilgandi. 

Xususan, 12 yanvar kuni soat 11:20 da YTH oqibatida vafot etgan va jabrlanganlarni vatanimizga olib kelish uchun maxsus samolyot Rossiyaga uchib ketgandi.

Bugun ularning jasadini olib kelish maqsadida Rossiyaga uchgan maxsus bort Xorazm viloyatidagi Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya tojikistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing