Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik yonib ketdi
Olam
−
21 yanvar 2020
14243Bugun, 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati Prichulim posyolkasidagi yog‘ochdan qurilgan bir qavatli binoda yuz bergan yong‘in natijasida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya FVVga tayanib xabar berdi.
Yong‘in haqida ma’lumot mahalliy vaqt bilan soat 4:05 da tushgan. Yong‘in maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qilgan.
Yong‘in soat 6:35 da bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirishga 19 nafar xodim va 6 ta maxsus texnika jalb qilingan.
Binodan 11 kishining jasadi topilgan, yana 3 kishi qutilib qolgan. Favqulodda xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ular yog‘och ishlab chiqaruvchi korxonada ishlagan.
LiveBarchasi