Rossiyada 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi (video)
Olam
−
27 may 18267 1 daqiqa
Rossiyaning Amur viloyatining Svobodniy shahri sudi joriy yilning 25 may kuni maktab stadionida sodir bo‘lgan ommaviy janjal bo‘yicha 11 nafar O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda viloyat sudi xabar berdi.
Ish materiallariga ko‘ra, janjalda 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi ishtirok etgan. Ularning barchasi Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 20.1- moddasi 1-qismiga asosan kichik bezorilikda aybdor deb topilgan.
Sud ayrim aybdorlarning pushaymonligini inobatga olib, jazoni yengillashtirishga qaror qilgan.
Shunday qilib, sud 2 nafar O‘zbekiston fuqarosiga 12 kunlik, 9 nafar fuqaroga esa 14 kunlik qamoqqa olish jazosini qo‘llagan.
Migrantlar 25 may kuni Svobodniy shahridagi maktab stadionida futbol o‘yini chog‘ida bahslashib ketgan va politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Bir kishi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Primorsk o‘lkasida joylashgan Arsenev shahridagi qurilish maydonida Shimoliy Koreya va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgandi. Qolaversa, 19 may kuni ham Rossiyaning Krasnoyarsk shahri Leninskiy tumanida qurilish kompaniyasida ishlayotgan Xitoy va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi.
Live
Barchasi