Rossiyada 100 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi 

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida joriy yilning yanvar oyi oxiri va fevral oyi boshlarida ommaviy suvdan zaharlanish holatlari kuzatildi. Natijada deyarli 160 kishi zararlandi. Bu haqda Rospotrebnadzorning Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘limiga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, bo‘limning hududiy boshqarmasi Krasnoyarskning Oktyabrskiy tumani aholisi o‘rtasida o‘tkir ichak infeksiyasi holatlarining sanitariya-epidemiologiya tekshiruvini yakunlagan. 

Unga ko‘ra, 31 yanvardan 6 fevralgacha zaharlanish 158 kishida, shu jumladan 90 ta bolada qayd etilgan. 

Ta’kidlanishicha, bo‘lim "KrasKom" suv ta’minoti korxonasida sanitariya-epidemiologiya me’yorlari va qoidalarining buzilishini aniqlagan, bu esa kasallik "o‘chog‘ini" shakllantirishga yordam bergan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

suv Krasnoyarsk

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing