Rossiyada harbiy transport samolyoti quladi

Olam

image

Kecha, 3 noyabr kuni Rossiyaning Irkutsk viloyatida An-12 harbiy transport samolyoti quladi. Havo kemasi bortida 9 kishi bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Samolyot Pivovarixa qishlog‘ida qulagan va yonilg‘i to‘kilishi sababli 300 kv metr maydonda yong‘in sodir bo‘lgan. Samolyotdagilarning besh nafari ekipaj a’zolari, to‘rt nafari yukni kuzatib boruvchilar bo‘lgan. Hodisada hech kim omon qolmagan.

Irkutsk viloyati rasmiylariga ko‘ra, samolyotda Belarus, Ukraina va Rossiya fuqarolari bo‘lgan.

Tergov samolyot halokati sabablarining barcha mumkin bo‘lgan versiyalarini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida uchuvchi xatosi, ob-havo sharoiti, shuningdek, samolyotning texnik nosozligi bor. Halokat bo‘yicha harakat va ekspluatatsiya xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Tergov qo‘mitasining markaziy apparatiga o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyotdan 1968 yildan beri foydalanib kelingan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing