Rossiyada ham ish vaqti qisqarishi mumkin
Olam
−
05 mart
7444Rossiya Federatsiyasida ish vaqtining miqdori haftasiga 38 soatgacha qisqarishi mumkin. Bu haqda Mustaqil savdo federatsiyasining ijtimoiy-mehnat munosabatlari va ijtimoiy sheriklik bo‘limi boshlig‘i Oleg Sokolovning bayonotiga tayanib, "Lenta.ru" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil oxirida Davlat Dumasiga ish haftasini 40 soatdan 38 soatgacha qisqartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritilgan. Bunga asos qilib ishchilarga bosimning kuchayishi ularning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, fuqarolar kuniga sakkiz soatdan ortiq ishlayotgani keltirilgan.
“Prezidentning texnologik suverenitetga oid murojaatida belgilangan vazifalar amalga oshirilsa, ish kunining davomiyligi bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Ammo hozircha tendensiya buning aksi”, deydi Sokolov.
Kasaba uyushmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, e’lon qilingan ko‘rsatkichga texnologik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni robotlashtirish orqali erishiladi, bunda Rossiya hali ham "juda orqada".
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya hukumati mehnat kodeksiga ish haftasini 48 soatdan 35-40 soatgacha qisqartirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar tayyorlashni boshlagani xabar qilingandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi