Rossiya josuslari Braziliyadan boshpana sifatida foydalanadi – WSJ

Olam

image

Braziliya rasmiylari mamlakat G‘arbga kirib kelayotgan rus josuslari uchun boshpanaga aylanganidan xavotirda. Bu haqda “The Wall Street Journal” ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, Braziliya rasmiylari rossiyalik josuslar dunyoda ushbu davlat pasportlari ortiga yashirinib, faoliyat yuritayotganiga ishonch bildirmoqda.

Bunga sabab G‘arb mamlakatlarida rossiyaliklarning Braziliya hujjatlari bilan hibsga olinishi bo‘yicha bir necha holatlar bo‘lgan.

Xususan, 2022 yilning kuzida Braziliyadan Norvegiyaga mahalliy universitetda malaka oshirish uchun kelgan olim Norvegiya politsiyasiga ko‘ra, braziliyalik olim emas, balki rossiyalik razvedka xodimi bo‘lib chiqqan.

Yana bir mashhur ish – Rossiya fuqarosi Sergey Cherkasov bo‘lib chiqqan braziliyalik talaba Viktor Myuller Ferreyraning Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudiga ishga kirishga urinishi ham qayd etilgan.

“The Wall Street Journal”da ta’kidlanishicha, Braziliyada hujjatlarni olish tizimi xorijiy razvedka xodimlari foydalanishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarga to‘la. Shunday qilib, Braziliya pasportini faqat tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma asosida olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Kuba bilan harbiy o‘quv lagerini qurish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turgani, bu esa orolda Xitoy qo‘shinlarining doimiy joylashtirilishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.  Shuningdek Xitoy Kubadagi bazasidan Amerika Qo‘shma Shtatlar haqida razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun foydalanayotgani ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Braziliya josuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing