Xitoy AQSHning burni tagida harbiy markazi qurishi mumkin 

Olam

image

Xitoy Kuba bilan harbiy o‘quv lagerini qurish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi, bu esa orolda Xitoy qo‘shinlarining doimiy joylashtirilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda AQSH rasmiylari va razvedka xizmatlaridagi manbalarga tayangan holda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Aytilishicha, Pekin va Gavana bu boradagi muzokaralarning ilg‘or bosqichida turibdi. Amerikalik rasmiylar esa yangi ob’ekt Pekinga doimiy qo‘shinlarni AQSH qirg‘oqlaridan atigi 100 mil (160 km) uzoqlikda joylashtirish, shuningdek, AQSH razvedka ma’lumotlarini yig‘ish, telefonlarni tinglash imkonini berishidan xavotirda. Shuning uchun ham Bayden ma’muriyati Kuba rasmiylari bilan bog‘lanib, kelishuvga to‘sqinlik qilishga uringan.

Manbada keltirilishicha, Xitoy va Kuba orolda to‘rtta tinglovchi stansiyani o‘z ichiga olgan razvedka tarmog‘iga ega. Ba’zi rasmiylar bu vaziyatni Pekin tomonidan AQSHning Tayvan bilan aloqalariga javoban qilinayotgan harakat deb baholamoqda. E’tiborli jihati shundaki, Xitoyning materik qirg‘oqlaridan Tayvangacha bo‘lgan masofa Kuba va Florida orasidagi masofa bilan bir xil.

Qayd etish joizki, oldinroq ham Kubada Xitoy ob’ekti paydo bo‘lib, unda joylashgan ko‘plab harbiy bazalar AQSHning janubi-sharqiy qismida elektron xabarlarni tinglash, shuningdek, Amerika kemalarining harakatini kuzatish bilan shug‘illanayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq ko‘p o‘tmay, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi bunday ma’lumotlarini noto‘g‘ri deb atagan. Kuba Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Karlos Fernandes de Kossio ham mazkur xabarlarni “yolg‘on va asossiz” deb baholagan. O‘z navbatida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Kubadan AQSHga qarshi josuslik qilgani haqidagi xabarlarni rad etgan. 12 iyun kuni esa Kirbi AQSH ma’muriyati Xitoyning Kubadagi bazasi samaradorligini kamaytirish choralarini ko‘rayotganini aytgan. Baza masalasi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning 18-19 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Xitoyga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy harbiy markaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing