AQŞda kruiz kemasi tanker bilan töqnaşib, çökib ketdi
Olam
−
08:32 628 2 daqiqa
AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi bandargohda turgan kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Töqnaşuv oqibatida yölovçi kemasi ağdarilib, çökib ketdi. Hodisa vaqtida önlab yölovçilar suvga tuşib ketdi, 32 kişi şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 13 noyabr kuni tuş paytida yuz bergan. Nyu-Orlean meri Helena Moreno matbuot anjumanida “Atlantic Asphalt” tankeri boşqaruvni yöqotib, bandargohda turgan “American Cruise Lines” kompaniyasiga tegişli “American Heritage” yölovçi kemasiga urilganini ma’lum qilgan.
.png)
Töqnaşuvdan keyin kruiz kemasi suvga bota boşlagan. Yölovçilar kemani tark etişga şoşilgan, biroq u oxir-oqibat ağdarilib, Missisipi daryosiga çökib ketgan. Bu vaqtda önlab odamlar suvga tuşib ketgan.
Merning aytişiça, hodisa vaqtida kemada taxminan 180–190 nafar yölovçi va ekipaj a’zosi bölgan. Ulardan 32 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Biroq heç birining ahvoli oğir emas. Moreno voqea oqibatida heç kim halok bölmaganini “Missisipidagi mö’jiza” deb atagan.
.png)
Nyu-Orlean port politsiyasi boşliği Melani Montrollning ma’lum qilişiça, kema ağdarilişidan oldin 87 nafar yölovçi undan tuşişga ulgurgan. Qolganlarni qutqarişda port xizmati xodimlari, öt öçiruvçilar va yaqin atrofdagi boşqa kemalarda bölgan odamlar iştirok etgan.
AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati töqnaşuvdan keyin hodisa yuz bergan hududda daryo transporti harakati töxtatilganini bildirgan.
Sohil qöriqlaş xizmati kapitani Melani Byornhemning aytişiça, dastlabki taxminlarga köra, tankerda boşqaruv tizimi bilan boğliq nosozlik yuz bergan bölişi mumkin. Biroq töqnaşuvning aniq sababi hozirça aniqlanmagan, holat yuzasidan tergov davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hurmuz böğozi yaqinida sönggi 24 soat içida snaryad hujumiga uçragan ikkita kema çökib ketgandi. Hodisalardan birida ekipajning bir a’zosi halok bölgan, ikkinçi kemadagi 21 nafar ekipaj a’zosi esa qutqarib qolingan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr