Rossiya Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazmaydi – Peskov

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shaxsan o‘zi imzolagan farmon asosida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishi mumkin emas. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 3 fevral kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha muzokaralar masalasini hech kim muhokama qilmagan va Rossiya Zelenskiyni bunday muzokaralar olib borishga huquqi yo‘q, deb biladi. 

“Hozircha hech kim muzokaralar ishtirokchilarining ehtimoliy kombinatsiyasini jiddiy muhokama qilmagan. Biz Ukraina Prezidentining bunday muzokaralar olib borish huquqi yo‘q degan taxmindan kelib chiqamiz”, degan Dmitriy Peskov.

Shuningdek, Kreml voizi Vladimir Zelenskiyning prezidentlik vakolatlari tugaganini (Ukrainadagi harbiy holat tufayli prezidentlik saylovlari o‘tkazilmagani) va bu masala mojaroni hal qilish uchun muhim ekanini ta’kidlagan. 

“Men Putinning yaqinda aytganini eslatib o‘tmoqchiman, bu qonuniylashtirish mojaroni hal qilish nuqtai nazaridan har qanday kelishuvlarni qonuniy qayd etish uchun zarur”, degan Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Associated Press” (AP) axborot agentligiga bergan intervyusida Kiyev ishtirokisiz urushni tugatish bo‘yicha AQSH-Rossiya muzokaralari hamma uchun xavf tug‘dirishi haqida gapirgandi. Qolaversa, Zelenskiyning aloqa bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Litvin AQSHning Ukrainani Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvdan keyin saylov o‘tkazishga chaqirishini “muvaffaqiyatsiz reja” degandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy muzokara Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing