Rossiya zaiflashishi kerak – Pentagon rahbari

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Amerika Rossiya zaiflashganini ko‘rmoqchi. CNN xabariga ko‘ra, u bu haqda Kiyevga tashrifidan so‘ng Polshada o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

Ostinga ko‘ra, AQSH Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidek, boshqa hech bir davlatga hujum qilmaydigan darajagacha zaiflashishini xohlaydi.

Keyinroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Pentagon rahbarining bayonotini tushuntirdi. Unga ko‘ra, Ostinning bayonoti Oq uy ma’muriyatining azaliy – Moskva Ukrainani yutib yuborishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadiga mos keladi.

“Bu bizning nuqtai nazarimizga mos keladi, deb ayta olaman. Prezidentning va Ostinning nuqtai nazariga ko‘ra, biz Putinning Ukrainani bo‘ysundirish, uning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, tashrifdan so‘ng Pentagon rahbari ham AQSH Ukraina Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonishini aytdi. Buning uchun faqat to‘g‘ri jihoz va to‘g‘ri yordam kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

458

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing