Rossiya yana bir davlatning diplomatini haydab chiqardi

Olam

image

Rossiya javob chorasi sifatida Litvaning vaqtinchalik ishlar vakili Virjiniya Umbraseneni haydab chiqardi, unga besh kun ichida Rossiya Federatsiyasi hududini tark etish buyurildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bugun, 5 oktyabr kuni tarqatilgan xabarida aytiladi. 

“5 oktyabr kuni Litva elchixonasi xodimi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Rossiya Federatsiyasining Litva Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakilining asossiz chiqarib yuborilishiga javoban nota topshirildi. [Sergey Ryabokon], Litvaning Rossiyadagi Muvaqqat ishlar vakili Virjiniya Umbrasene persona non grata deb e’lon qilindi. Unga besh kun ichida mamlakatimiz hududini tark etish to‘g‘risida buyruq berildi”, deyiladi Rossiya diplomatik xizmati xabarida. 

Bundan tashqari, Rossiya Litvaning gumanitar munosabatlarning buzilishi bo‘yicha dushmanlik chizig‘ini hisobga olib, Litva diplomatik missiyasining Moskvadagi madaniy markazi – Baltrushaytis uyi faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. 

Rossiya TIVning ta’kidlashicha, Vilnyusning boshqa nodo‘stona qadamlariga qarab, Moskva “qo‘shimcha ta’sir choralari” olish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 oktyabr kuni Litva Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Litvadagi Muvaqqat ishlar vakili Sergey Ryabokon bu mamlakatda persona non grata deb e’lon qilinganini e’lon qildi. Tashqi ishlar vazirligi ta’kidlaganidek, bu qaror mas’ul organlar ma’lumotlarini inobatga olgan holda qabul qilingan bo‘lib, unda Muvaqqat ishlar vakilining yaqinda “diplomat maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan” faoliyati va bayonotlari mezbon davlatning ishlari, ya’ni Litva “diplomatlik faoliyatiga aralashuv sifatida talqin etilgan” degan xulosaga kelgan. Diplomatga besh kun ichida mamlakatni tark etish buyurilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Litva

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing