Rossiya yana 4 ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni tiklayapti

Olam

image

Rossiya joriy yilning 21 sentyabridan Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda yangi koronavirus infeksiyasi bilan kurashish tezkor shtabida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda TASS,

“Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, 21 sentyabrdan Qozog‘iston (Nur-Sulton), Qirg‘iziston (Bishkek) va Belarus (Minsk) bilan o‘zaro xalqaro parvozlarni tiklashga qaror qilindi”, deyiladi xabarda. Parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Rossiya 27 sentyabrdan Janubiy Koreya bilan ham o‘zaro aviaqatnovni tiklaydi. Qayd etish kerakki, Janubiy Koreya pandemiya sabab chegaralarini yopmadi. Ammo boshqa davlatlar o‘rnatgan cheklovlar sabab parvozlarga talab pasayib ketdi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 1 avgustdan Buyuk Britaniya, Tanzaniya va Turkiyaga, 15 avgustdan Shveysariyaga parvozlarni tiklagandi.

Avvalroq, 2020 yil 1 oktyabrdan O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga taqiq bekor qilinishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya aviaqatnov

Baholaganlar

441

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing