Rossiya yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘ryapti – OAV

Olam

image

Rossiyaning yadroviy kuchlari  mashg‘ulot o‘tashga kirishdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “The Daily Mail” nashri yozmoqda. Nashr, shuningdek, Moskvani "yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rishda" va "G‘arb bilan ziddiyatni kuchaytirganlikda" aybladi.      

Britaniyalik siyosiy sharhlovchilarning ayrimlari bu fikriga qo‘shilmadi. Ularning fikricha, dunyodagi barcha mamlakatlar bu kabi mashg‘ulotlarni o‘tkazib kelmoqda.

“Bunda ajablanadigan narsa yo‘q. Har bir davlat harbiy sinovlarni o‘tkazadi”, deya fikr bildirgan ulardan biri.

Yana bir sharhlovchining so‘zlariga ko‘ra, “Qo‘shma Shtatlar har yili bir nechta qit’alararo ballistik raketalarni (QBT) va suvosti ballistik raketalarni (SBR) sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek, o‘quv bombalarini ham sinab turadi”.

Birlashgan Qirollik Mudofaa vazirligi nashrda e’lon qilingan ushbu ma’lumotga rasmiy munosabat bildirmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya yadro quroli

Baholaganlar

881

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing