Rossiya yadro qurollarini AQSHga tekshirtirishni to‘xtatdi

Olam

image

Rossiya o‘z yadroviy arsenali AQSH tomonidan tekshirilishini to‘xtatmoqda. Kecha, 8 avgust kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ma’lum qilinishicha, Rossiya “Stratiyegik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi shartnoma (SHQQCHSh) bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladigan ob’ektlarni shartnoma bo‘yicha tekshiruv faoliyatidan vaqtinchalik chiqaradi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z qarorini mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar va koronavirus pandemiyasi bilan izohlagan. Shunday qilib, vazirlik ko‘plab mamlakatlarning havo hududi “Rossiya tekshiruv guruhlarini yetkazib beradigan samolyotlar uchun yopiq” ekanligiga ishora qilgan. Bu, Rossiya tomonining fikricha, “AQSH uchun bir tomonlama afzalliklarni yaratadi va Rossiya Federatsiyasini Amerika hududida tekshiruvlar o‘tkazish huquqidan mahrum qiladi”.

Bundan tashqari, Rossiya TIV koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan “og‘ir epidemiologik vaziyat”ga ishora qilib, bunday sharoitda tomonlar Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnoma (SHQQCHSh) doirasida tekshiruv faoliyatini qayta boshlash urinishlaridan voz kechish kerakligi ta’kidlangan.

SHQQCHSh hamda Rossiya va AQSHning yadro qurollari nazorati

Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma AQSH va Rossiya o‘rtasidagi qurol nazorati bo‘yicha bir vaqtlardagi keng qamrovli shartnomalar tizimining qolgan yagona elementidir. Bu kelishuv, xususan, uzoq masofali strategik yadroviy qurollar sonini cheklaydi. SHQQCHShga ko‘ra, har bir davlat 800 tadan ortiq yadroviy qurol tashuvchiga va 1550 tadan ortiq kallakka ega bo‘lishi mumkin. 2021 yilning fevralida AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin kelishuvni (SHQQCHSh-3) 2026 yilgacha uzaytirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing