Rossiya yadro qurollari AQSH uchun muammo – Pentagon
Olam
−
12 may 2022
20999Rossiyaning yadro arsenali Qo‘shma Shtatlar uchun hozir va kelajakda jiddiy muammolar tug‘diradi. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning Kongress Vakillar palatasi mablag‘lar qo‘mitasidagi tinglovdagi bayonotida aytiladi.
“Oxirgi haftalarda ko‘rganimizdek, Rossiya Yevropada kelgusi tajovuzning oldini olish uchun NATO doirasida yaqin va doimiy muvofiqlashtirishni talab qiluvchi dahshatli tahdid bo‘lib qolmoqda. Rossiyaning yadroviy salohiyati ham hozirda katta muammolarni keltirib chiqarmoqda va kelajakda ham yaratadi”, deydi Ostin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari “transatlantik xavfsizlikka tahdid”dir.
Ostinning qo‘shimcha qilishicha, Vashington tahdidni nafaqat Rossiyada, balki, avvalroq aytib o‘tilganidek, Xitoyda ham ko‘rmoqda.
“Biz boshqa xavf-xatarlardan ham hushyor turishimiz kerak. Biz Shimoliy Koreya, uning yadro arsenali va ishlab chiqilayotgan raketa dasturlari, shuningdek, yadroviy ambitsiyalari hamda kuchlarimiz va ittifoqchilarimiz xavfsizligiga tahdid soluvchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi bilan Eron tomonidan doimiy tahdidga duch kelamiz”, degan Pentagon rahbari.
27 fevral kuni, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan bir necha kun o‘tgach, Vladimir Putin “NATOning yetakchi davlatlarining yuqori amaldorlari Rossiyaga qarshi tajovuzkor bayonotlar berayotgani” sababli strategik kuchlarni maxsus shay holatga keltirishni buyurgandi.
LiveBarchasi