Rossiya yadro quroli o‘rniga Lukashenkodan foydalanmoqda – Litva Mudofaa vaziri

Olam

image

Rossiya taktik yadro quroli o‘rniga Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkodan foydalanmoqda. Bu haqda Litva Mudofaa vaziri Arvidas Anusauskas Twitter’da yozdi.

Uning ta’kidlashicha, Belarus Kreml buyrug‘i bilan Ukraina qo‘shinlarini chalg‘itish taktikasini davom ettirmoqda.

“Kecha Belarus rasmiy ravishda Ukrainani unga qarshi hujum tayyorlaganlikda aybladi. Maqsad – imkon qadar ko‘proq Ukraina kuchlarini frontdan Belarus bilan chegaraga olib chiqish”, deb yozgan u.

Bundan oldin mamlakatning Minskdagi elchisi Belarus TIVga chaqirilib, unga “Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan Belarusga qarshi zarba tayyorlash” da’vo qilingan nota topshirilgani sababli Ukraina TIV bayonot bergandi.

“Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz Belarus rejimining so‘nggi vahimalarini qat’iyan rad etamiz. Diplomatik nota taqdim etish Rossiya Federatsiyasining provokatsiya uyushtirish va Ukrainaga nisbatan keyingi ayblovni amalga oshirish rejasining bir qismi bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaymiz”, deyiladi Ukraina TIVning javobida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 oktyabr kuni Ukraina poytaxti Kiyev raketa hujumiga uchradi. Oqibatda hozirgacha 8 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing