Rossiya WhatsApp'ni bloklashi mumkin

Olam

image

Davlat dumasi Rossiyada WhatsApp'ni bloklash ehtimoli haqida ogohlantirdi. Bu haqda Davlat Dumasining axborot siyosati qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Anton Gorelkin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, WhatsApp messenjerining ishlashi haqidagi qaror anonim kanallar funksiyasi qo‘shilganligi sababli qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 

Gap shundaki, 13 sentyabr kuni WhatsApp o‘z blogida 150 ta mamlakatda “Kanallar” funksiyasini ishga tushirishini ma’lum qilgandi. Ular Telegram`dagi kabi prinsipda ishlaydi: kanallar shaxsiy yozishmalardan ajratilgan, obunachilar ro‘yxati faqat kanal egasiga ochiq, emoji tanlash hamda reaksiyalar mavjud. Shuningdek, administrator nashrlarni nusxalash yoki yo‘naltirishni ham taqiqlashi mumkin. 

Shu sababdan Rossiya dumasi mamlakatda ushbu ilovani cheklashi mumkin. 

“Agar Meta kompaniyasining mahsuloti axborotni ommaviy tarqatish bo‘yicha o‘z funksiyalarini kengaytira boshlasa, uning Rossiya Federatsiyasi hududidagi faoliyatiga oid rasmiy pozitsiyasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin”, deb yozadi Gorelkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning raqamli rivojlanish vazirligi davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida xodimlariga Apple kompaniyasiga tegishli iPhone va iPad`lardan ishda foydalanishni taqiqladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya WhatsApp blok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing