Rossiya “Vagner”ga qancha to‘lagan?

Olam

image

“Vagner” guruhi Rossiya hukumati va Mudofaa vazirligi bilan shartnomalari asosida 858 milliard rubl (taqriban 9 milliard 700 ming AQSH dollari)dan  ortiq mablag‘ni o‘z hisobiga moliyalashtirgan. Bu haqda “Vesti nedeli” dasturi boshlovchisi Dmitriy Kiselyovga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Kiselyov “Vagner” guruhi davlat bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kamida 858 milliard rubl (9 milliard 700 ming AQSH dollari), Yevgeniy Prigojinning “Konkord” kompaniyasi esa Mudofaa Vazirligi bilan oziq-ovqat masalalari bo‘yicha kelishuvlarga ko‘ra, 845 milliard rubl (9 milliard 560 AQSH dollari) olganini aytgan. Teleboshlovchining so‘zlariga ko‘ra, bu guruh shuncha ko‘p pul ishlab topganini anglatmaydi, lekin baribir biznes va ambitsiyalarning ko‘lami qanchalik katta ekani haqida ma’lumot beradi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bu raqamlarga izoh berishdan bosh tortgan hamda jurnalistlarga Kiselyov va dastur mualliflari bilan bog‘lanishni maslahat bergan.

Ma’lumot uchun, Putin o‘tgan hafta boshida rasmiylar Prigojinning “Konkord” kompaniyasi daromadlari bilan shug‘ullanish niyatida ekanini, u davlatdan bir yil ichida armiyaning oziq-ovqat ta’minoti uchun 80 milliard rubl olganini aytib o‘tgan. Joriy yilning 26 iyun kuni esa Putin “Vagner” jangchilariga Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishni, qarindoshlari va do‘stlarining yoniga qaytishni yoki Belarusga ketishni taklif qilgan. 27 iyunda esa Federal Xavfsizlik xizmati tergov bo‘limi “Vagner”ga qarshi ochilgan jinoiy ishni yopgan. 

Prigojinning bir kunlik isyoni

Joriy yilning 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini talab qilib, Moskvaga borishini e’lon qildi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli harakatlarni to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vagner Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing