Rossiya va Ukraina yana harbiy asirlarni almashdi (video)

Olam

image

Bugun 31 yanvar kuni Ukraina va Rossiya harbiy asirlarni almashdi, natijada 207 ukrainalik va 195 rossiyalik vataniga qaytdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

“Biznikilar uyda. 207 o‘g‘lon. Biz har bir asirni unutmaymiz. Biz hammani qaytarishimiz kerak, bu borada ish olib borilyapti”, degan u.

Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlarni almashish 24 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, chorshanba kuni tushdan keyin Belgorod viloyati, Yablonovo qishlog‘i hududida Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatga uchrashi oqibatida hammasi chappa ketdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Ukraina 200 dan ortiq ukrainalik harbiylar va tinch aholini uyiga qaytargan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Rossiya Qurolli kuchlarining 248 nafar harbiy xizmatchisi Ukraina asirligidan qaytganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina harbiy asirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing