Rossiya va Ukraina urushda halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashdi

Olam

image

Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashdi. Bu haqda  Davlat Dumasi deputati, parlamentning harbiy operatsiya bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi vakili Shamsail Saraliyev xabar berdi.

Qayd etilishicha, Moskva Ukraina rasmiylaridan 29 jasadni qabul qilib olgan.

O‘z navbatida, Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi shu kuni Moskvadan 121 nafar halok bo‘lgan askarning jasadi qaytarilganini ma’lum qilgan. Ulardan 107 nafari Donetsk yo‘nalishida, 12 nafari Luganskda, ikki nafari Zaporojeda jang qilgan. 

"Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga ko‘rsatgan yordami uchun alohida rahmat", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, oldinroq,15 mart kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashish bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Moskva Ukrainadan 69 nafar halok bo‘lgan askarlar jasadini, Kiyev 100 ta jasadni olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing