Rossiya va Ukraina askarlarning jasadlarini almashdi
Olam
−
24 yanvar
1917Rossiya va Ukraina o‘rtasida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlari almashtirildi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyev RBK'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lgan 49 askarning jasadi Rossiyaga qaytarilgan. 757 nafar jasad esa Ukraina tomoniga qaytarilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina harbiylarining 451 nafari Donetsk yo‘nalishidan, 13 nafari Luganskdan va 137 nafari Zaporojedan qaytgan. Baxmut va Ugledar yo‘nalishlaridan mos ravishda 71 va 51 nafar jasad yetkazilgan, yana 34 nafar murda Rossiya hududidagi o‘likxonalardan qaytarilgan.
Shuningdek, Kiyev Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga almashinuvdagi vositachilik uchun minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Ukraina vaqti-vaqti bilan harbiy asirlar va mojaro paytida halok bo‘lganlarning jasadlarini almashib turadi. Jasadlarning oxirgi almashinuvi 2024 yilning 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Halok bo‘lgan 42 rossiyalik askarning jasadi Moskvaga qaytarildi. Ukraina tomoni 503 nafar harbiy xizmatchining jasadini qabul qildi.
Qolaversa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil yozda Rossiya va Ukrainaning tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlari taxminan beshdan bir ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har oyda Ukraina Qurolli kuchlaridan 50 ming kishi halok bo‘ladi va yaralanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina “25 ga 25” formatida asirlar almashgandi. Almashinuvda BAA vositachi sifatida ishtirok etgan.