Rossiya va Ukraina askarlar jasadlarini almashdi

Olam

image

Rossiya va Ukraina o‘rtasida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar jasadi almashildi. Bu haqda RBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayirboshlash Belarus mamlakatida bo‘lib o‘tgan.

Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi Kiyevga 503 askarning jasadini topshirgan. Qayd etilishicha, ulardan 403 nafari Donetsk yo‘nalishida, 57 nafari Zaporoje yo‘nalishida, 12 nafari Lugansk yo‘nalishida halok bo‘lgan. Yana 31 nafar jasad Rossiyadagi o‘likxonalardan olib kelingan.

Moskva, o‘z navbatida, 42 jasadni qabul qilgan. Rossiya harbiy qo‘mondoni Aleksandr Kotsning so‘zlariga ko‘ra, almashinuv Belarusning Gomel viloyatidagi Ukraina bilan chegarada bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukraina bilan 630 nafar harbiy asirni almashishga va keyingi almashuvlarni boshlashga tayyorligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing