Rossiya va Ukraina harbiylarning jasadini almashdi

Olam

image

Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashdi. Bu haqda harbiy Rossiya parlamentining muvofiqlashtirish guruhi vakili Shamsail Saraliyev RBK'ga berga intervyusida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Ukraina hukumati Rossiya tomoniga 43 askarning jasadini topshirgan. Bunga javoban esa rossiyaliklar Ukrainaga 909 jasadni qaytarib bergan.

Avvalgi safar tomonlar joriy yilning 14 fevral kuni halok bo‘lganlarning jasadlarini almashgandi. O‘shanda almashinuv chog‘ida Rossiyaga 45 nafar harbiy xizmatchining jasadi qaytarilgan, Ukrainaga esa 757 nafar harbiy xizmatchining jasadi topshirilgan.

Ungacha esa tomonlar marhumlarning jasadlarini yanvar oyining 24-kunida almashishgan. O‘shanda Rossiya halok bo‘lgan harbiylarning 49 jasadini qaytargan, Ukraina esa 757 jasadni olgan.

Rossiya va Ukraina tomonlari mojaro paytida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini muntazam ravishda almashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jasad Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing