Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashdi
Olam
−
18:17 511 1 daqiqa
Rossiya Kiyev nazorati ostidagi hududdan 270 nafar rossiyalik harbiy xizmatchini qaytardi. Buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining 270 nafar harbiy asiri topshirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Bugun, 23 oktyabr kuni Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan 270 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarildi. Buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining xuddi shuncha harbiy asiri topshirildi. Qaytarilgan rossiyalik harbiy xizmatchilar hozirda Belarus Respublikasi hududida bo‘lib turibdi. Ular bilan Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakil Yana Lantratova ishlamoqda”, deb ma’lum qilgan harbiy idora.
Qayd etilishicha, zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng rossiyalik harbiy xizmatchilar keyingi davolanish va reabilitatsiya kurslaridan o‘tish uchun Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalariga olib boriladi.
Qayd etish joiz, 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan buyon harbiy asirlar va halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashish Moskva hamda Kiyev o‘rtasidagi hamkorlik saqlanib qolgan kam sonli yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Rossiya va Ukraina 160 nafardan harbiy asirlarni o‘zaro almashgan edi. O‘shanda Rossiya Mudofaa vazirligi almashinuv jarayoni Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirilganini ma’lum qilgan.
Jasmina Murtazoyeva
Live
Barchasi