Rossiya Xitoy bilan poyezd qatnovini to‘xtatdi
Jamiyat
−
03 fevral 2020
3890Bugun, 3 fevral kuni Rossiya koronavirus epidemiyasi borgan sari xavfli tus olayotgani sababli Xitoy bilan yo‘lovchi poyezdlari qatnovini vaqtincha to‘xtatdi.
Bundan tashqari Rossiya Mo‘g‘uliston bilan chegaradagi alohida o‘tkazish punktlaridan Xitoy fuqarolarining o‘tishini ham taqiqlab qo‘ygan.
Bugundan boshlab KXDR ham Xitoy bilan yo‘lovchi poyezd qatnovini to‘xtatib qo‘ydi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
Virusdan halok bo‘lganlar soni 362 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 17205 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi