Rossiya va Kiyev energetika ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatishni muhokama qilmoqda – FT
Olam
−
30 Oktabr
2540Ukraina va Rossiya tomonlarning energetika infratuzilmasiga o‘zaro hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda yuqori martabali Ukraina rasmiylariga tayanib, Britaniyaning “Financial Times” gazetasi xabar berdi.
“Kiyev Qatar vositachiligida avgust oyida kelishuvga erishgan, biroq Ukrainaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi tufayli to‘xtab qolgan muzokaralarni qayta boshlashga intilmoqda”, deyilgan xabarda.
FT muzokaralar bilan tanish diplomatning so‘zlariga tayanib, bu bosqichda qayta boshlash mumkin bo‘lgan erta muzokaralar haqida gapirayotganini aniqlagan.
“Kelishuv Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishga buyruq berganidan beri urushning eng muhim deeskalatsiyasini bildiradi ”, deb yozadi gazeta.
Nashrga ko‘ra, Ukrainaning Kursk viloyatida mavjudligi davom etar ekan, Moskva bunday kelishuvga rozi bo‘lmasligini taxmin qilish mumkin. Gazetaning yozishicha, ayni damda Ukraina Qurolli kuchlari qariyb 600 kvadrat kilometr Rossiya hududini nazorat qilmoqda.
“Qatar joriy yilning iyun oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tashabbusi bilan Shveysariyada tinchlik sammiti o‘tkazilgandan so‘ng bu muzokaralarda vositachi sifatida ishlay boshladi”, deb yozadi “Financial Times”.
Zelenskiy gazetaga bergan intervyusida energetika infratuzilmasiga hujumlarni o‘zaro to‘xtatish Rossiya bilan harbiy harakatlarni tugatish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.
Ukraina dronlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirgan hujumlarini izohlar ekan, Zelenskiy Moskva va Kiyev o‘rtasida energiya infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv mojaro deeskalatsiyasi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishini ta’kidlagan.
“Biz birinchi tinchlik sammitida energetika xavfsizligiga yechim topish mumkinligini ko‘rdik. Boshqacha qilib aytganda: biz ularning energetika infratuzilmasiga hujum qilmayapmiz, ular biznikiga ham hujum qilishmaydi. Bu urushning qaynoq bosqichining tugashiga olib kelishi mumkin. Men shunday deb o‘ylayman”, degan Ukraina Prezidenti.
Zelenskiy, shuningdek, Kiyev G‘arb hamkorlari bilan Ukrainaga yo‘qotilgan hududlardan voz kechib, NATOga a’zo bo‘lish imkonini beradigan “tinchlik uchun yer” potensial kelishuvini muhokama qilmayotganini aytgan.
“Shubhasiz, ba’zi hamkorlar bu haqda o‘ylashlari mumkin. Lekin ular bu borada men orqali emas, balki ommaviy axborot vositalari orqali xabar beradi. Biz hozir barcha muhokamalarda xavfsizlik kafolatlari masalasini ko‘taramiz va ulardan eng kuchlisi NATO hisoblanadi”, deya ta’kidlagan Ukraina rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilgandi. Portlashlar Kiyev, Odessa va Nikolayev viloyatlarida, Xarkov, Dnepr, Zaporoje va mamlakatning g‘arbiy qismida sodir bo‘lgandi. Ukraina Energetika vaziri German Galushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, zarbadan nishon energetika infratuzilmasi ob’ektlari bo‘lgan.