Rossiya va Xitoy G‘arb sanksiyalariga qarshi birgalikda kurashadi — Lavrov
Olam
−
23 mart 2021
5781Rossiya va Xitoy savdo va moliyaviy munosabatlarini G‘arb sanksiyalari xavfidan himoya qiladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov xitoylik hamkasbi Van I bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumani paytida aytib o‘tgan.
Rossiya vazirining ta’kidlashicha, Moskva va Pekin "geosiyosiy o‘yinlar"ga murojaat qilishni niyat qilmaydi.
Lavrovga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy tashqi siyosatdagi o‘zaro aloqalar hali ham muhim omil, degan fikrda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Rossiya munosabatlari xalqaro maydondagi har qanday sinovlarga dosh bera oladi va har ikkala davlat ham qo‘shilmaslik, qarama-qarshilik va uchinchi davlatlarga qarshi yo‘nalmaslik tamoyillarini hech qachon unutmaydi.
Avvalroq, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy va Rossiya Yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani avtomatik ravishda yana besh yil muddatga uzaytirishga kelishib olganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi