Rossiya va Xitoy AQSHning bioxavfsizligiga tahdid solyapti – Pentagon

Olam

image

Rossiya va Xitoyning biologik qurollar sohasidagi ishlanmalari AQSH milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu haqda kecha, 17 avgust kuni AQSH Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

"Milliy mudofaa strategiyasi vazirlikdan tezkorlik bilan harakat qilish, cheklov choralarini kuchaytirishni buyuradi. Xitoy vazirlik uchun asosiy muammo bo‘lsa-da, biz Rossiyadan kelayotgan yuqori tahdidni ham hisobga olishimiz hamda Shimoliy Koreya, Eron va zo‘ravon ekstremistik tashkilotlarning doimiy xavf-xatarlari tufayli hushyor tortishimiz kerak”, deyiladi AQSHning bioxavfsizlik holati bo‘yicha sharhda.

Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi va KXDR hujumkor biologik qurol dasturlari ustida ishlashda davom etmoqda. Bundan tashqari, XXR, Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron an’anaviy patogenlar va toksinlarni ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha bilim va qobiliyatga ega ekaniga e’tibor qaratyapti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod kichik Robert Kennedi Pentagonning 2001 yilgi bioqurol dasturlari doirasida AQSH Ukrainada biolaboratoriyalar tashkil qilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy biologik qurollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing